Bitta turist O‘zbekistonda qancha xarajat qiladi?

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan turistlarning o‘rtacha xarajatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun tanlanma so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda, respublika bo‘yicha turizm xizmatlari eksportining asosini tashkil qiluvchi o‘rtacha bitta turist xarajatlarini qayta ko‘rib chiqish uchun tanlanma so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.
05.06.18.JPG
Mazkur tanlama so‘rovnomalar joriy yilning 4 iyun kuni boshlanib, Toshkent xalqaro aeroportida, Toshkent shimoliy temir yo‘l vokzalida hamda asosiy chegara bojxona postlarida amalga oshirilmoqda. So‘rovnoma shu yilning 30 iyuniga qadar davom etadi.

 

O`zA