Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida 20 gektarga teng maydonda Ibroyim Yusupov nomidagi hamda “Raduga” nomli madaniyat va istirohat bog‘lari ish boshladi.

Istirohat bog‘lari mahalliy tadbirkorlar tomonidan imtiyozli kreditlar hisobidan barpo etildi.

– “Milliy bank”dan olingan 3 milliard so‘m kredit hisobiga Xitoy davlatidan zamonaviy attraksionlar olib kelib o‘rnatildi, – deydi “Shimbay goldenpark” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, tadbirkorBaxыt Yusupova. – Suyukli shoirimiz ruhi shod bo‘lsin deb, bog‘ga O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomi berildi.

Bog‘da 3 mingta archa, eman, ming dona har xil gul ko‘chatlari o‘tqazildi.20 kishi ish bilan ta’minlandi.

Tumanda faoliyatini boshlagan “Raduga” nomli madaniyat va istirohat bog‘i ham bolajonlarning sevimli maskaniga aylandi.

 

Y. Qanoatov, O‘zA