“Faol tadbirkor — ijodkor nigohida” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” doirasida “FAOL TADBIRKOR — IJODKOR NIGOHIDA” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi!
Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini, shu jumladan, xalqimiz turmush farovonligini yanada oshirishda, faol tadbirkorlik biznes faoliyatini innovatsion, ilg‘or texnologiyalar asosida shakllantirishda boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan, zamonamiz qahramonlari bo‘lmish ishbilarmon, tadbirkor, fermerlar siymosini badiiy asarlar, publitsistik maqolalar hamda teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar orqali yaratishga chog‘langan ijodkor qalamkashlarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Tanlov:
“Eng yaxshi badiiy asar”;
“Eng yaxshi publitsistik maqola”;
“Eng yaxshi videorolik” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.
Har bir yo‘nalishda l, 2, 3-o‘rin g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi hamda ularga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofotlari topshiriladi:
1-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida.
2-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida.
3-o‘rin g‘olibiga eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida.
Shuningdek, “Yosh tadbirkor obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun”, “Zamonaviy tadbirkor ayol obrazini yaratgan eng yaxshi asar uchun” nominatsiyalari bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotlar ta’sis etilgan.
Axborot hamkorlarimiz: O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, shuningdek, ommabop internet nashrlari.
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy materiallar 2018 yilning 1 noyabriga qadar quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 73-A uy, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi
Ijroiya qo‘mitasi.
Murojaat uchun telefonlar:
(0371) 255-29-91, 254-01-22
Elektron pochta: tanlov @ uzlidep . uz .
Tanlov g‘olib va sovrindorlari 2018 yil 8 dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida e’lon qilinadi.
Tanlovga doir barcha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan uzlidep.uz veb-saytida batafsil tanishishingiz mumkin.