Temir yo‘l transporti chiptalari arzonlashdi

Uzoq masofaga qatnovchi temir yo‘l transporti chiptalarining narxi arzonlashdi. Xo‘sh, buning sababi nimada?
Yo‘lovchi tashish transporti xizmatlari narxi may oyi davomida o‘rtacha 2,3 foizga oshdi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasining narxlar statistikasi boshqarmasi xabar qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Andijon, Namangan va Samarqand viloyati hokimliklari qaroriga asosan, ushbu hududlardagi shahar avtobus transportlarida yo‘l haqi to‘lovlari oshirilgan.
06.jpg
Andijon va Namangan viloyatlarida ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 66,7 foiz, Samarqand viloyatida 33,3 foiz hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 28,6 foizni tashkil etgan.
Uzoq masofaga qatnovchi temir yo‘l transporti chiptalarining narxi oy davomida 9,3 foizga arzonlashdi. Bunga sabab so‘mga nisbatan shveysariya franki kursining pasayishi, shuningdek, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha bazoviy tariflarga nisbatan indeksatsiya koeffitsiyentlarining kamaytirilganligi natijasida narxlarda pasayish holatlari kuzatilgan.
O‘tgan oyda samolyot chiptalarining narxlari o‘rtacha 3,0 foizga arzonlashdi.
04.jpg
Bu so‘mga nisbatan yevro kursining pasayishi oqibatida vujudga keldi.

 

O‘zA