Bozorlarda guruch qimmatlashdi

2018-yilning may oyida asosiy guruhlar bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol narxlarining o‘zgarishi e’lon qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, o‘tgan oyda guruch 4,2 foizga qimmatlashgan bo‘lsa, grechka (2,9), loviya (1,4), no‘xat (1,3), un (0,6), mosh (0,4) mahsulotlarida narxlarning pasayishi kuzatildi.
02.jpg
Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari may oyi davomida o‘rtacha 0,2 foizga qimmatlashib, bu esa iste’mol narxlari indeksining umumiy o‘sishiga 0,1 foiz darajasida ta’sir ko‘rsatdi.
Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ichida mevalarning narxi 4,8 foizga o‘sgan bo‘lsa, sabzavotlar narxlarida 13,6 foizga pasayish kuzatildi.

 

O‘zA