O‘zbekiston basketbol federatsiyasiga Prezident saylandi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston basketbol federatsiyasining 2016-2017 yildagi faoliyati muhokama qilindi. Shu jarayonda uning yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlandi.

KonferensiyadaO‘zbekiston basketbol federatsiyasi Prezidenti lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Davletov Ruslan Quroltayevich saylandi.

Konferensiya yakunida O‘zbekiston basketbol federatsiyasining kelgusidagi faoliyati samarasini yanada oshirish yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

 

O’zA