Xo‘jaylidagi “Mehribonlik uyi”ga avtobus topshirildi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Xo‘jayli tumanidagi “Mehribonlik uyi”ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan “Isuzu” avtobusi topshirildi.

– Bolalar bayramiga bag‘ishlanib respublika miqyosida “Har bir bolaga mehr, e’tibor” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlar doirasida avtobusning berilishi bolajonlar uchun haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Amanjol Ayapov. – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan berilgan 275 million so‘mlik “Isuzu” avtobusi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini turli sayohatlarga olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vazirligi va “Ekosan” tashkiloti tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga kiyim-kechaklardan iborat sovg‘alar taqdim etildi.

Mehribonlik uyida 145 nafar bola tarbiyalanmoqda. 16 to‘garaklar tarbiyalanuvchilar ixtiyorida.

 

Yesimxon Qanoatov, O‘zA