O‘zbekistondan siyosiy boshpana beriladi...mi?

Siyosiy boshpana huquqlari buzilgan shaxslarga va ularning oila a’zolariga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish to‘g‘risidagi iltimosnoma shaklini tasdiqlash haqidagi buyruq Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, siyosiy boshpana o‘zining fuqaroligi bo‘yicha mansub davlatda yoki doimiy yashash joyida ijtimoiy-siyosiy faoliyati, diniy e’tiqodi, irqiy yoki milliy mansubligi uchun ta’qib qilinayotgan yoki ta’qib qilishning jabrlanuvchisi bo‘lishiga real tahdiddan, shuningdek, xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan inson huquqlari buzilishining boshqa holatlaridan boshpana va himoya izlayotgan shaxslarga va ularning oila a’zolariga beriladi.

 

O‘zA