Rossiyaning Turizm bo‘yicha federal agentligi Hindistonda Chikungunya bezgagi tarqalgani haqida ogohlantirdi.

Agentlik Hindistonga sayohatni amalga oshirishda yordam beruvchi barcha turoperatorlarni mijozlarni epidemik vaziyatdan ogohlantirish va kasallikni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berishga chaqirdi.

Hindiston safariga otlangan rossiyaliklarga epidemiologik vaziyatni hisobga olib, profilaktika choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chikungunya bezgagi Karnataka, Gujarot, Maxarashtra viloyatlarida keng tarqalgan va kasallangan odam soni 9 ming nafarga yetgan. Kelgusi oylarda kasallikning yanada keng tarqalish xavfi bor.

Chikungunya – denge va zika bezgaklari tashuvchilari Aedes aegypti va Aedes albopictus turdagi chivinlar hisoblanadi.

Kasallik alomatlarida tana haroratining 40 darajagacha ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘imlarda og‘riqlar kuzatiladi. Inson hayoti uchun xavfli asoratlar qoldirmasa-da, keksalar va immuniteti past insonlarga tez yuqadi.

Chikungunya bezgagi muolajasi uchun mahsus virusga qarshi preparatlar mavjud emas.

Umida Qurbonova