Jahon adabiyotining eng sara namunalari o‘zbek tiliga tarjima qilinadi

2018-yildan boshlab har yili kelgusi yil uchun jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish rejalashtirilgan adabiyotlar ro‘yxati ishlab chiqiladi.
Jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.
Qarorga muvofiq, 2018-yildan boshlab har yili kelgusi yil uchun jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga hamda o‘zbek adabiyoti durdonalarini chet tillariga tarjima qilish va nashr etish rejalashtirilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ularning adadi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Nashr etilgan adabiyotlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan taqsimot bo‘yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga tarqatiladi.
Tarjima qilinishi va nashr etilishi rejalashtirilayotgan asarlar ushbu asarlar mualliflari yoki muallif huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning roziligini olgan holda nashr etiladi.

 

O‘zA