"O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi uchinchi Boeing-787 Dreamliner samolyotining ekspluatasiyasini boshladi

Joriy yilning 20-may kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yangi Boing-787 Dreamlinerda Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi parvozni amalga oshirdi.
Toshkentdan “orzu layneri”da 244 nafar yo‘lovchi parvoz qilib, qaytishda 259ta yo‘lovchi uchib keldi.
Ta’kidlash joizki, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK 2016-yil sentabr oyidan Boeing-787 Dreamliner samolyotining tijoriy ekspluatasiyasini boshlagan. Bugungi kunda ushbu rusumdagi ikkita laynerda Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Seul, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur, Singapur va Nyu-Yorkka qatnovlar amalga oshirilmoqda.
Yaqin kunlarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining uchinchi Dreamlineri ham uzoq masofalarga transatlantik qatnovlarni bajarishi rejalashtirilmoqda.

 

O`zA