Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi JSSTning yuqori organi hisoblanadi. Assambleyaning har yilgi sessiyasi, odatda, Jenevada may oyida bo‘lib o‘tadi.

2722baea-ef40-49cb-8598-0efb02ccafbb.jpg

An’anaga muvofiq, joriy yilgi 71-sessiya ham Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tmoqda. 21-may kuni tadbir rasman ochildi. Unda JSSTga a’zo 194 ta davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha rahbarlariqatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashmoqda.

Har yili Sessiya davomida ishtirokchilar JSST faoliyatini ko‘rib chiqib, o‘z oldiga yangi maqsad va vazifalar qo‘yadi. Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining bu yilgi sessiyasida sog‘liqni saqlash sohasiga doir murakkab masalalar va ularning yechimiga doir chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishlarining salomatlikka salbiy ta’siri va unga qarshi kurashish bo‘yicha yo‘l xaritasi, dori-darmon va vaksina ta’minoti, noinfeksion kasalliklar profilaktikasi, ayollar, bolalar va o‘smirlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha global strategiya masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 71-sessiyasi 26-mayga qadar davom etadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Axborot xizmati.