Prezident Kuba rahbariga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kubada yo‘lovchi samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashi Raisi Migel Mario Dias-Kanelga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Matbuot xizmati xabar berdi.