Yaponiyada “O‘zbekiston haftaligi”

Yaponiyaning mamlakatimizdagi sobiq elchisi K.Nakayama: “O‘zbekiston va O‘zbekistonliklarga hurmatim cheksiz”.

O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada musnahkamlash maqsadida tashkil etilgan “O‘zbekiston haftaligi” kunlari bir-biridan qiziqarli tafsilotlarga boy tarzda o‘tmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

16 may kuni yaponiyaliklar O‘zbekistonning go‘zal tabiati, qadimiy obidalari, zamonaviy inshootlari, shuningdek, urf-odat va an’analari tarannum etilgan amaliy san’at ko‘rgazmasini tomosha qildi.

O‘zbek va yapon san’atkorlarining chiqishlari esa kunchiqar mamlakat san’at ixlosmandlarini hayratga soldi. Ayniqsa, milliy libosda sahnaga chiqqan “Surxon” guruhining xalq ohangida kuylanadigan “Sirg‘ali qiz” qo‘shig‘i, “Gavhar” raqs ansamblining “Surnay lazgisi” xoreografik kompozitsiyasi barchaga birday manzur bo‘ldi. Kun davomida vakillarimizning Yaponiya parlamenti deputatlari, madaniyat agentligi rahbari R.Miyata, shuningdek, bir qator madaniyat va san’at namoyandalari bilan o‘tgan uchrashuvlari ham samarali kechdi.

– O‘zbekiston va O‘zbekistonliklarga hurmatim cheksiz, – deydi Yaponiyaning mamlakatimizdagi sobiq elchisi K.Nakayama. – Ayniqsa, yurtingiz yoshlarining intiluvchanligi, bilimga chanqoqligini juda qadrlayman. Qolaversa, o‘zbek xalqining madaniyati va san’ati ham barchaga namuna bo‘ladigan darajada betakror. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarini eslasam yuragim orziqib ketadi. Chinakam mo‘jiza!

O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari K.Oqilova rahbarligidagi madaniyat xodimlari va san’atkorlardan iborat delegatsiya Tokio milliy muzeyida bo‘lib, u yerdagi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Tokio milliy muzeyi direktori M.Zeniya bilan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda muzeyga keluvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi, ular bilan ikki tomonlama do‘stlik va hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.

Kecha “O‘zbekiston haftaligi” tadbirlari Yaponiyaning eng go‘zal shaharlaridan biri Nagoyada davom etdi.

photo5470076490445072632.jpg
photo5470076490445072631.jpg
photo5469896630099618082.jpg
photo5469896630099618083.jpg
photo5469896630099618085.jpg
photo5470076490445072623.jpg
photo5470076490445072625.jpg
photo5470076490445072624.jpg
photo5470076490445072626.jpg
photo5470076490445072627.jpg
photo5470076490445072628.jpg
photo5470076490445072629.jpg
photo5470076490445072630.jpg

 

O‘zA