AQSH va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va madaniyat sohasida muhim kelishuvlar imzolandi

UzbUsa2018
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi doirasida AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Elis Uells va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida ikkita kelishuvni imzoladi. Bu haqda AQSHning mamlakatimizdagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.
BirinchiAnglashuv memorandumi AQSH universitetlari va Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bo‘lib, uning asosida O‘zbekistonda uch yillik hamkorlikni nazarda tutuvchi dastur boshlanadi.
Ikkinchi Anglashuv memorandumi esa O‘zbekiston bo‘ylab ingliz tili dasturlarining moliyalashtirilishini kengaytirishga qaratilgan. U universitet talabalari, jurnalistlar va boshqa mutaxassislarni o‘qitish, ingliz tili o‘qituvchilari salohiyatini oshirish hamda o‘qituvchi va talabalar uchun onlayn ta’lim imkoniyatlarini yaratadi.
Ushbu kelishuvlar ta’lim sohasida AQSH-O‘zbekiston hamkorligining yangi davri boshlanayotganini belgilab beradi hamda xalqlarimiz o‘rtasidagi keng va chuqurlashib borayotgan hamkorlikning ramzi hisoblanadi.

 

O‘zA