Yuksak ma’naviyatli avlod

Nukusda “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, yoshlarning bilimi va dunyoqarashini yanada kengaytirish, ularning barkamol shaxs sifatida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan an’anaviy festivalda tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 400 ga yaqin yigit-qiz qatnashdi.

Festival ishtirokchilari 14-16, 17-19, 20-25 yosh toifasida “Badiiy ijod”, “Prezident asarlari bilimdoni”, “Mustaqillik tarixi bilimdoni”, “Eng iqtidorli hunarmand”, “O‘z asarlarida milliylikni aks ettirgan rassom”, “O‘z asarlarida milliylikni aks ettirgan dizayner”, “Vatan kuychisi”, “Yuksak ma’naviyatli avlod” nominatsiyalari bo‘yicha bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

4.jpg
6 (1).jpg
14.jpg

 

Maqsad Habibullayev(surat) O‘zA