Bler Xaus – AQSH prezidentining rasmiy mehmonlarini kutish uyi

“Bler Xaus mehmonxona emas, mehmonlari o‘zlarini xususiy qarorgohda yashayotganlaridek his qilishlari kerak”, deyiladi AQSH davlat departamenti jurnalida chop etilgan maqolada.
AQSH prezidentining rasmiy qarorgohi ikkita. Birinchisi, Vashington (Kolumbiya okrugi)da joylashgan bo‘lib, 1800 yilda qurilgan Oq uy hisoblanadi. Pensilvaniya-avenyu 1600 dagi Oq uyning Oval xonasi AQSH prezidentining rasmiy ish joyi sanaladi.
photo5470074033723779211.jpg
Vashingtondan yuz kilometr shimoliy-g‘arbda – Merilend shtatining tog‘lari orasida AQSH prezidentining shahar tashqarisidagi qarorgohi ham bor. Bu qarorgoh Kemp-Devid, deb nomlanadi.
AQSH prezidentining yana bir qarorgohi ham bo‘lib, Pensilvaniya-avenyu 1651da joylashgan Bler-xausdir. AQSH tarixi va diplomatiyasida muhim rol o‘ynovchi bu qarorgohda AQSH prezidentlarining mehmonlari joylashadi.
Bir so‘z bilan aytganda, Oq uy hovlisidan bir necha qadam narida joylashgan Bler Xaus (Blair House) prezidentning rasmiy mehmonxonasi sanaladi.
photo5469883328585902363.jpg
Ikkinchi jahon urushi davridan beri mazkur bino davlat rahbarlari, qirollar va AQSHning saylangan prezidentlarini qabul qilgani bois ham “jahondagi eng taniqli mehmonxona” sifatida tan olinadi. Business Insider nashri dunyoning eng ahamiyatli binosi haqida qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi.
Bler Xaus – prezidentning rasmiy mehmonlarini kutish uyi.
Bino Oq uy qarshisida joylashgan.
Bino qurilishi 1820 yilda boshlangan. Avvaliga Bler Xaus Qo‘shma Shtatlar armiyasining jarrohi Jozef Lovellning xususiy uyi bo‘lgan.
1836 yilda bino 6500 dollarga prezident Endryu Djeksonning do‘sti va tarafdori Frensis Bler tomonidan sotib olindi.
1942 yilda, AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt davrida, mamlakat hukumati binoni sotib oldi.
Shundan beri bino Vashingtonga tashrif buyurgan davlat rahbarlari va xorijiy delegatsiyalarning qarorgohi sifatida xizmat qiladi.
Oq uy ta’mirlanayotgani bois prezident Garri Trumen to‘rt yil Bler Xausda istiqomat qilgan.
Bugungi kunda 6500 kvadrt metrni tashkil qiluvchi Bler Xaus 110ta xonasi bo‘lmish “to‘rtta uydan” iborat majmua hisoblanadi.
Bu Oq uydan ham katta ekanligidan dalolat beradi.
Mehmonxonada konferens-zallar, kutubxona va dam olish joylari bor.
Bler Xausga faqat va faqat AQSH prezidenti rasman taklif qilgan mehmonlargina joylashtiriladi.
Shuningdek, mansabiga kirishmoqchi bo‘lgan AQSH prezidentlari ham bu binoda vaqtincha yashashlari uchun ruxsat beriladi.
Qarorgoh rasman AQSH Davlat departmanti va Protokol Boshqarmasi boshlig‘i tasarrufida. Bler Xausga bir yilda o‘rtacha 30 tacha davlatning rahbari keladi, shuningdek, turli tadbirlar o‘tkaziladi. Bularning hammasi mazkur binoning noyob diplomatik ahamiyatga ega ekanligini namoyon qiladi.
1980 yillarda kapital ta’mirlanishdan so‘ng Bler-Xaus ikki tomonlama muzokaralar va oliy darajali uchrashuvlar joyiga aylandi.
Xorijiy davlat rahbarlari joylashgani uchun qarorgohda o‘sha davlat bayrog‘i ko‘tariladi.
Bu binoda AQSH rasmiylari muntazam tushlik qilishadi va oqshom tadbirlarini o‘tkazadilar.
“Bler Xaus mehmonxona emas, mehmonlari o‘zlarini xususiy qarorgohda yashayotganlaridek his qilishlari kerak”, deyiladi AQSH davlat departamenti jurnalida chop etilgan maqolada.

 

Sharofiddin To‘laganov, O’zA