Qurg‘oqchilikni qanday bartaraf etsa bo‘ladi?

O‘zbekistonda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamda Global ekologik jamg‘armaning (GEF) “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlanishga uchragan qishloq xo‘jaligi yerlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” mintaqaviy loyihasi boshlandi.
Besh yilga mo‘ljallangan loyiha O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Turkiyada hamamalga oshiriladi. Xususan, O‘zbekistondagi sho‘rlanganmaydonlar bilan bog‘liq muammolarni yechimini topish uchunGEF 5 million dollar mablag‘ ajratdi.
– Maqsad Markaziy Osiyodavlatlari va Turkiyaning qurg‘oqchilikka uchragan hamda sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi yerlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish ko‘lamlarini kengaytirishdan iborat,-deydi FAOning vakilli Sara Marjonazoda.- Bu tadbirlar tabiiy resurslarga bo‘lgan salbiy ta’sir hamda bosimni minimallashtirish, xatarlarni kamaytirish va qurg‘oqchilik, sho‘rlanish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda qo‘l keladi.
Loyiha doirasida Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining tanlab olingan tumanlarida tajriba maydonlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Zarbdor, Shahrisabz, Qamashi, Kitob tumanidagi yerlarda iqlim o‘zgarishi, suv taqchilligi va yerlarning sho‘rlanish sharoitida dehqonchilik tizimini tashkil qilish, ekinlardan yuqori hosil va daromad olish bo‘yicha amaliy tajribalar o‘tkaziladi.
– 105 gektar lalmi yerimiz bor,-deydi Qamashi tumanidagi “Oltinboyev yeri” fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Oltinboyev.-Bu maydonlarda bug‘doy va arpa yetishtiramiz. Hosilimiz ob-havoga bog‘liq. Yog‘ingarchilikkam yillarda hosil cho‘g‘i ham past bo‘ladi. Shu bois sho‘rga va suvsizlikka chidamli ekinva daraxtlarni tajriba tariqasida uch yildan buyon bir gektar yerda sinab ko‘rayapmiz. Olma va o‘rik daraxti yaxshi samara bermadi. Bodom, tut va qayrag‘och daraxti suvsizlikka chidamli ekan. Ular 100 foiz ko‘kardi. Biz kelgusida yerlarimizda bodomzorlar tashkil etmoqchimiz.
Qayd etish joizki, O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash. Sho‘rlanish darajasini kamaytirish, suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarning melorativ holatini yaxshilash dasturlari doirasidakeyingi o‘n yilda qariyb 2 million gektar sug‘oriladigan maydonlarning holati yaxshilangan.

 

O‘zA