Polvonlar bellashuvi

Nukusda 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan tashkil etilgan musobaqada tumanlar va Nukus shahridan 100 nafarga yaqin polvon g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.

Erkaklar o‘rtasida o‘z vazn toifasida Menglibek Yo‘ldoshev, Muhammadali Sultonov, Zahriddin Zoitov birinchi o‘rinni egalladi. Qizlar o‘rtasidagi bahslarda Mehribon Gobenova, Oysuluv Berdimurodova, Klara Darmenboyeva g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

9.jpg
11.jpg
30 (1).jpg

 

Maqsad Habibullayev(surat) O‘zA