O‘zbekiston - Jahon chempioni!!!

Rossiya poytaxti Moskva shahri mezbonligida o‘tgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi Jahon chempionatinihoyasiga yetdi. 14-17 yoshlilar o‘rtasida tashkillashtirilgan musobaqadaO‘zbekiston terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Yosh futbolchilarimiz finalgacha Pokiston (0:0, guruh),Rossiya (2:0, guruh), Nepal (2:1, chorak final), Burundi (1:0, yarim final) terma jamoalari bilan kuch sinashib, mag‘lubiyatsiz hal qiluvchi bahsga yetib kelishdi.

Final uchrashuvida o‘zbekistonlik qora ko‘zlar ikkinchi bor pokistonlik raqiblaribilan to‘qnash keldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida durang (1:1) natija qayd etilgach,penaltiga murojaat etildi. “Lotoreya” bahsida omad hamyurtlarimizga kulib boqdi.

O‘zbekiston termasining so‘nggi zarbasini darvozabon Sergey Islomov aniq yo‘lladi. Keyin esa o‘zi raqibining zarbasini qaytarib, qahramonga aylandi. Qayd etish kerak, Pokiston terma jamoasi Jahon chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanardi. Endi esa mundial taxtiga o‘zbekistonlik futbolchilar chiqishdi.

Jahon chempionlari bilan tanishing:

Darvozabon – Sergey Islamov

Futbolchilar – Danil Shaplov, Jahongir Ochilov, Toir Ergashboyev, Ruslan Kotov, Ruslan Karaxanyan, Aziz Esonboyev, Edgar Shamshilov, Salim Son.

Bosh murabbiy – Jamshid Asadov.

Jahon chempionlarimiz Toshketga 18 may kuni qaytib kelishadi.