Oq uyda o‘zbekcha kalom yangradi

Foto: @kunfotosi
 

Hozirgina O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentining qarorgohi bo‘lmish Oq uyga kirib keldi. Oq uyda Shavkat Mirziyoyevni Prezident Donald Tramp kutib oldi. Protokol bo‘yicha suhbatlashuv bo‘lib o‘tganidan so‘ng jurnalistlar zalni tark etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyeyov jurnalistlarga Oq uyda turib o‘zbek tilida murojaat qilar ekan, dunyoda istiqomat qiluvchi barcha o‘zbeklarga o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.

Ayni damda Prezidentlarning yakkama yakka suhbati bo‘lib o‘tmoqda. Shundan so‘ng delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokoralari bo‘lib o‘tadi.

Tashrif tafsilotlari saytimizda kuzatib boring.

 

O‘zA