O‘zbekiston – Bolgariya aloqalari mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasiaxborot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10-15 may kunlari “Buyuk ipak, yo‘li rivojlanishining yangi davri: O‘zbekiston” mavzusida davra suhbati o‘tkazish, shuningdek, “Bolgariya-O‘zbekiston”, “O‘zbekiston-Bolgariya” do‘stlik jamiyatlari hamda Rossiya va MDH xalqlari bilan do‘stlik federatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida qo‘mita xodimlari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlari, Savdo Sanoat palatasi vakillaridan iboratdelegatsiya Bolgariyaga borib keldi.
Mamlakatimiz delegatsiyasining Bolgariyaga tashrif dasturi tadbirlarga boy bo‘ldi. Bolgariya Tashqi ishlar vazirligi, va Bolgariya Respublikasi Parlamentida Markaziy Yevropa davlat organlari idoralari bilan, shuningdek, Bolgariyaning “Rossiya va MDH davlatlari xalqlari bilan do‘stlik Federatsiyasi”da qator uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
IMG_3281-.jpg
Bolgariya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zbek va bolgar xalqlari o‘rtasidagi aloqalar qadim tarixga borib taqalishi qayd etildi. Davlatlarimiz o‘rtasida diplomatik aloqalarning o‘rnatilganiga 26 yil to‘ldi. Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston va Bolgariya savdo-sotiq, investitsiya, transport, turizm, ilm-fan va madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda.
Bolgariya Parlamentida bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Bolgariya – O‘zbekiston” parlament guruxining do‘stlik aloqalari raisi Adlen Shukri Shevked xonim bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq ayirboshlash imkoniyatlarimizga javob bermayotgani, turistik sohani esa, yangi zamonaviy bosqichga ko‘tarish lozimligi haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuvlarda “Bolgariyada O‘zbekiston kunlari”ni o‘tkazish taklifi berildi. Uning negizida turli yo‘nalishlarda hamkorlikning istiqbolli strategiyasi, jumladan, Qo‘mitaning Yevroittifoq bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash va O‘zbekistonda Bolgariya konsulxonasini ochish kabi masalalar hal qilinishi mumkin.
Ikki tomonlama muhokamalar natijasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi va Bolgariyaning “Rossiya va MDH davlatlari xalqlari bilan do‘stlik Federatsiyasi” hamda “O‘zbekiston-Bolgariya” va “Bolgariya-O‘zbekiston” do‘stlik jamiyatlario‘rtasida madaniyat sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Tashrif doirasida Bolgariyaning “Rossiya va MDH davlatlari xalqlari bilan do‘stlik Federatsiyasi”da O‘zbekistonning iqtisodiyoti, sarmoyaviy salohiyati, turizm, tarixi va madaniyatini aks ettirgan fotoko‘rgazma tashkil etildi. Shuningdek, o‘zbek milliy xalq amaliy va tasviriy san’ati namunalaridan asarlar tomoshabinlar diqqatiga havola etildi.

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA