Taekvondo ITF :Osiyo chempionatida O‘zbekiston termasi beshta medalga sazovor bo‘ldi

Mo‘g‘uliston davlatida taekvondo ITF bo‘yicha IX Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Qit’amizning 18 davlatidan sportchilar ishtirok etgan xalqaro musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan yigitlarimiz yakunda beshta medal bilan taqdirlanishdi.

Bular:

Oltin medal – Habibjon Nasilloyev

Kumush medal – Muhammadjon Muhammadiyev

Bronza medal – Navro‘zbek Akobirov, Og‘abek Allanazarov, Mirfayz Hakimjonov.

Penchak silat: Osiyo emas, Yevropada ham o‘rnimiz bor

10-14 may kunlari Ozarbayjon mamlakatida Penchak silat bo‘yicha Yevrosiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz vakillari yakunda oltita medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Musobaqada Hasan Azizjonov va Abdullo Shoazizovga teng keladigani topilmagan bo‘lsa, Javlon Muhiddinov, Diyorbek Xudoyberdiyev, Doniyor Hasanov shoxsupaning ikkinchi, Rustam Asqarov esa uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

O‘zbekistonlik sportchilar para atletika bo‘yicha Xitoy ochiq chempionatida 6ta medal qo‘lga kiritishdi

Xitoyda para-atletika bo‘yicha “Pekin-2018” Ochiq chempionati nihoyasiga yetdi.

Unda 11 nafar sportchisi bilan ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra oltita medalni qo‘lga kiritishdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Mansur Abdurashidov ko‘zi ojiz sportchilar ichida 100 m. masofaga yugurish bo‘yicha (00:11:31) kumush medalga sazovor bo‘ldi. Izzat Turg‘unov jismoniy nuqsoni bor sportchilar o‘rtasida xuddi shu masofada bronza medal va uzunlikka sakrashda (5.31m.) oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Aleksandr Svechnikov nayza otishda (66.96m.), Sofiya Burxonova yadro uloqtirishda (13.63m.) tengsiz deb topildi. Musobaqaning so‘ngi kunida Mohigul Hamdamova nayza otishda 19.69 m. natija bilan ikkinchi bo‘ldi.

 

O’zA