O‘zbekiston musulmonlar idorasining rasmiy bayonoti: 16 may emas, 17 may Ramazonning birinchi kuni

Bugun, 11 may kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasida Ramazon oyini har tomonlama ko‘tarinki va tartibli o‘tkazish bo‘yicha jurnalistlar hamda diniy soha vakillari ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Tadbirda yurtimizda Ramazon oyining boshlanishi haqida ham ma’lumot berildi. Xabar qilinishicha, 2018 yil Ramazon oyining 1-kuni avval xabar berilganidek va taqvimlarda ko‘rsatilganidek 16 may kuni emas, 17 may kuniga to‘g‘ri kelyapti.

 

T.Nizomov