Hukumat qaror qildi

Davlat foydasiga o‘tkazilgan ayrim tovarlar Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalariga ham beg‘araz beriladi.
“Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan ayrim tovarlarni beg‘araz berish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, davlat foydasiga voz kechilgan ayrim tovarlar Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalari, mehribonlik uylari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, tegishli byudjet tashkilotlariga beg‘araz beriladi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

 

O‘zA