Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi

Bugun poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasidasport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi. Mazkur musobaqa qit’a chempioni va sovrindorlarini aniqlash bilan bir vaqtning o‘zida shu yilning oktyabr oyida Buenos-Ayres shahrida o‘tkaziladigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanmalar taqdim etadi.

Musobaqada Osiyoning Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Eron, Iroq, Iordaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Singapur, Suriya, Tailand, Tojikiston, Turkmaniston, Tayvan, Yaman hamda O‘zbekiston kabi 21 ta davlatdan 400 nafarga yaqin sportchi va murabbiylar ishtirok etmoqdalar.

Sport kurashlari – erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan beshta vazn toifasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan sportchilar litsenziya sohibiga aylanadilar. Shu tariqa qit’a chempionatida o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga jami 15 ta litsenziya o‘z egalariga topshiriladi.

8.JPG

10.JPG
11.JPG
Mazkur musobaqa yana shunisi bilan avvalgilardan farq qiladiki,g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar oltin medallardan tashqari, Osiyo chempionatlari tarixida ilk marotaba tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan maxsus chempionlik kamariga ham ega bo‘ladilar.

Ayni paytga qadar hamyurtlarimizdan L.O‘zbekov (-51kg) qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, keyingi davraga yo‘l oldi. K.Yunusxonov (-45kg) va Muhammadali Saydullayev -(110kg)lar esa afsuski ilk bosqichdayoq imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

 

Muhammad Amin (surat), O’zA