60 million dollar kredit va 10 million dollar grant!

AQSHning Nyu-York shahridao‘tkazilayotgan BMTning o‘rmonchilik bo‘yicha Forumining 13 sessiyasida yurtimiz vakillari faol ishtirok etmoqda.

Unda halqaro miqyosda o‘rmonchilik sohasida amalga oshirilayotganishlar, 2017-2030 yillarga mo‘ljallagan strategik rejalarning amalga oshirilishi, grant mablag‘larini jalb etishga ko‘maklashish, resurslarni baholash va monitor qilish borasidagi masalalar muhokama qilinmoqda.

Tadbir doirasida O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, vakillarimiz Jahon banki vakiliGaro Batmanian bilan uchrashgan. Maqsad yurtimizo‘rmonchilik sohasiga 60 million dollar miqdorida kredit ajratilishi va 10 million dollar miqdorida grant mablag‘lari yo‘naltirishni muhokama qilish edi.

Garo Batmanian Yashil iqlim jamg‘armasi grant mablag‘larini hamda Global ekologik jamg‘armalari mablag‘larini jalb etishga ko‘maklashishga tayyor ekanligini bildirib, o‘rmonchilarimizni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

edbcc5ae-7760-47eb-a04f-6099c84bb320.jpg

Turkiya o‘rmon va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Akif Uzkaldi boshchiligidagi delegatsiya bilan “FAO -Turkiya hamkorlik” dasturidoirasida O‘zbekistonda qariyb 5 million dollarlik loyihani amalga oshirish borasida muzokaralar olib borildi. Natijadayurtimizdagi milliy bog‘lar infratuzilmalarini rivojlantirish va ixota o‘rmonlar tashkil etishloyihasini yaratishga kelishib olindi.

Forumdayurtimizda o‘rmonchilik sohasidagi yutuq va vazifalar hamda Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan prezentatsiya BMTga a’zo mamlakatlardaqiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida yurtimiz delegatsiyasi Koloradoda joylashgan Rokki mountayn milliy bog‘i, Ruzvelt va Arapaxo milliy o‘rmon xo‘jaliklari faoliyati bilanyaqindan tanishadi.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA