FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra 2018-yil 9-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:41da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi. Zilzila markazi Toshkent shahridan 546 km uzoqlikda janubiy-sharqiy yo‘nalishda Afg‘oniston Respublikasi hududida qayd etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Zilzila magnitudasi markazda 6,2 tashkil etdi. Zilzila kuchi Toshkent shahrida 3 ball, Andijonda 3 ball, Jizzaxda 3 ball, Namanganda 3 ball, Farg‘onada 3 ball, Guliston shahrida 3 ball, Samarqandda 3 ball, Termiz shahrida 4 ball, Qarshi shahrida 3 ballni tashkil etdi.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.