120 mingdan ortiq O‘zbekiston farzandi jangovar orden va medallarga sazovor bo‘lgan

Prezidentimiz o‘z nutqida Ikkinchi jahon urushida jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz haqida alohida to‘xtaldi.

Urushda qatnashgan 120 mingdan ortiq O‘zbekiston farzandi jangovar orden va medallarga sazovor bo‘lgan. Ularning 280 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan, 82 nafari esa uchala darajadagi “Slava” ordeni bilan mukofotlangan.

Urush yillarida O‘zbekiston frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylandi. Yurtimizdagi sanoat korxonalari harbiy sohaga moslashtirildi, barcha imkoniyatlar front uchun, g‘alaba uchun safarbar etildi.

O‘lkamizga evakuatsiya qilingan yuzdan ziyod zavod va fabrikalarni ishga tushirishda ishchi va muhandislar bilan birga ayollar va keksalar, o‘spirin bolalar mardlik va matonat bilan mehnat qildilar.

 

O‘zA