Paynet faoliyati to‘xtatilmaydi, balki aholiga yanada qulay xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Internet tarmoqlarida «O‘zbekistonda PAYNET faoliyati to‘xtatiladi» mazmundagi aholini chalg‘ituvchi xabarlar tarqalmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining yaqinda imzolangan qaroriga ko‘ra, endilikda “UzPaynet” MCHJ faoliyati to‘xtatilmay turib, Xalq banki tizimida Paynet savdo belgisi ostida o‘z faoliyatini aholiga yanada qulay tartibda davom ettiradi.

Bunda, faqatgina “UzPaynet” MCHJning mulkchilik shakli o‘zgargan holda, uning barcha majburiyatlari Aksiyadorlik tijorat Xalq banki  zimmasiga o‘tkaziladi.

Gap shundaki, Xalq banki tomonidan Paynet orqali amalga oshirilayotgan to‘lov tizimi yanada takomillashtirilib, yangi zamonaviy xizmat turlari taklif etib boriladi.

Xususan, bugungi kunda, Paynet mobil ilovasi joriy qilingan bo‘lib, aholidan ko‘plab to‘lovlar qabul qilib kelinmoqda.

Qayd etish joizki, Xalq banki yurtimizda eng yirik tarmoqqa ega, ya’ni respublikamizning barcha hududlarini to‘liq qamrab olgan bank  hisoblanib, o‘zining 200 ga yaqin filiallari va 3 mingdan ortiq muassasalari orqali aholi va tadbirkorlik subyektlariga tezkor va
sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda Raynet shoxobchalari orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni endilikda Xalq banki  filiallari, muassasalari hamda Raynet shoxobchalari orqali yanada kengroq, qulayroq tarzda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Bank axborot xizmati