Hindistondakuchli bo‘ron beton imoratlarni ham qulatmoqda

Avvalroq Hindistonda kuchli qum bo‘ronlari va jala kuzatilayotgani haqida xabar bergan edik.

OAVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra Uttar-Pradesh, Rojaston,Uttarahand va Panjob shtatlarida qum bo‘ronlari davom etmoqda. Ba’zi joylarda shamol tezligi soatiga 123 kilometrga yetgan.

Tabiiy ofat tufayli qurbonlar soni hamoshib bormoqda. Mamlakat shimolida127 ta inson halok bo‘lgan bo‘lsa,  janubda yana 21 kishi yashin urishidan o‘lgan. Minglab aholio‘z uylarini tark etmoqda.

“Xuddi qartadan yasalgan uychalardek, beton imoratlar bir-birining ustiga qulab tushmoqda. Daraxt, simyog‘ochlar borki, barini kuchli shamolsupirib tashladi. Bizxarobalar tagidan odamlarni chiqarib olib,shifoxonalarga jo‘natmoqdamiz” , degan mahalliy politsiya vakili Narendra Sharma“Times of India” gazetasiga.

Meteorologlar ma’lumotiga ko‘ra, Hindistonda ertaga ham kuchli bo‘ron va jala kuzatiladi.

 

Malohat Husanova, O‘zA