Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi

Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Rejep Tayyip Erdo‘g‘on O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga ham gulchambar qo‘ydi.

Buyuk davlat arbobi, mustaqilligimiz asoschisining yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

 

Alovuddin G‘afforov, Muhammad Amin (surat), O‘zA