Yevropada shovqinsiz elektrlashtirilgan yuk mashinalar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Shvetsiyaning “Volvo Group” kompaniyasi tarmog‘i hisoblangan Volvo Trucks  kompaniyasiog‘irligi 16 tonnalikelektrlashtirilgan FL Electric yuk mashinalarini taqdim etdi. Bu haqda www.olvotrucks.ru xabar berdi.

2017-yilning oktyabr oyidaGermaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi tarmog‘i hisoblangan Daimler Trucks kompaniyasi ham og‘irligi 23 tonna bo‘lgan E-FUSO Vision One elektrlashtirilgan yuk mashinani Tokio shahrida o‘tkazilgan avtoshouda taqdim etgan edi. O‘shanda yaqin to‘rt yil ichida bu kabi yuk mashinalari qatnovi yo‘lga qo‘yilishi aytib o‘tilgan.

42324.jpg

Og‘ir yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan mashinaning shovqin darajasi nihoyatda past ekanligi asosan tungi ish vaqtida aholini bezovta qilmaslik hamda tabiatni asrash uchun muhim yangilik sanaladi.

Bu turdagi yuk mashinalar atmosferaga chiqindi gaz chiqarmasligi bilan ham ahamiyatli. Ularni 1-2soatdan 10 soatgacha quvvatlab, 300 kilometrgacha yo‘lni bosib o‘tsa bo‘ladi.

Tajriba uchun yuk mashinalari tungi vaqtda Stokgolm shahrining ko‘chalarida harakatlantirildi va tunda aholi sonining kamligi tufayli ish jarayoning sifati va tezkorligi uch baravarga oshgan.

Volvo FL Electric seriyalari keyingi yilda sotuvga chiqadi. Undan birinchi bo‘lib chiqindi yig‘ish va qayta ishlashga ixtisoslashgan Renova va TGM transport kompaniyalari foydalanishi kutilmoqda.

 

Umida Qurbonova, O‘zA