Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidan Ikkinchi jahon urushiga 3 ming 672 fuqaro qatnashgan bo‘lsa, shundan 812 tasi jang maydonida halok bo‘lgan. 823 kishi esa bedarak yo‘qolgan. Urushdan 2037 kishi o‘z uyiga qaytgan. Hozirgi kunda ularning faqatgina ikkitasi hayot.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari, Hotin-qizlar ko‘mitasi raisi Z.Ibragimova tumanda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Qudaybergen Xo‘jaxmedov va Kamal Yusupovlarning oilasida bo‘lib, urush qatnashchilarining holidan xabar oldi. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi bilan tabriklab, sovg‘a salomlar berdi.

O‘z navbatida, faxriylar tinch va baxtli turmushimizga shukrona aytib, Prezidentimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Anvar Nasirlayev, O‘zA