Butunjahon mehnat muhofazasi kuniga bag‘ishlandi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida 28 aprel – Butunjahon mehnat muhofazasi kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sohada faoliyat olib borayotgan muhandislar hamda joylarda mehnat muhofazasi bo‘yicha ish olib borayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.

Mehnat muhofazasi bo‘yicha sezilarli yutuqqa erishayotgan soha xodimlaridan bir guruhi jamiyat tomonidan diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2.jpg
3.jpg
5 (1).jpg
7.jpg

 

Muhammad Amin (surat) O‘zA