“Paxtakor” o‘z maydonida g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turida “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida “Navbahor” klubini qabul qildi.

Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinda “Paxtakor” jamoasi a’zosi Tiago Bezerra ikkinchi bo‘limning 77-daqiqasida jarima maydonidan raqib darvozasini aniq nishonga oldi.

Shu tariqa, “Paxtakor” va “Navbahor” jamoasi o‘rtasidagi o‘yin 1:0 hisobida yakunlandi.

photo5404714720356837641.jpg
photo5404714720356837642.jpg
photo5404714720356837643.jpg

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA