Metroda konsert dasturi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli ijodiy guruhi tomonidan 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi metro yo‘nalishlaridagi bekatlarda konsert dasturi namoyish etilmoqda.

Ushbu loyiha Prezidentimizning joriy yil 16-apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

26.JPG

34.JPG
– Bu konsert o‘zgacha ruhda tashkil etildi, – deydi podpolkovnik Z.Bobojonov. – Unda milliylik, tarixiylik, zamonaviylik uyg‘un. Atrofdagilarning qiziqishi ham boshqacha. Bunda biz qadimiy musiqa asboblaridan foydalanishga harakat qildik.

40.JPG

45.JPG
49.JPG
Mazkur loyiha davomida yigirmadan ziyod ijodiy guruh a’zolari, metroning turli yo‘nalishlarida Ikkinchi jahon urushi yillari voqealarini yodga soluvchi kuy-qo‘shiqlar va o‘ziga xos raqslarni ijro etishadi.

 

Barno Meliqulova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA