93 yoshli O‘razali va 97 yoshli Yusuf bobolar yoshlikka qaytdi

Adliya vazirligi #XOTIRAKUNIADLIYA xeshtegi bilan start berilgan fleshmob Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davom ettirildi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi xodimlari xalqimizning qadr-qimmati, or nomusi, milliy urf-odatlarini himoya qilishda, dushmanga qarshi kurashda mardlik va jasorat ko‘rsatgan, bugungi tinch, osuda va farovon kunlarimizni yetib kelishiga o‘z hissasini qo‘shgan Ulug‘ vatan urushi qatnashchilarini holidan xabar olish uchun joylarda bo‘lishdi.

Xususan, Bulung‘ur tumani Niyozmat mahallasida yashovchi 93 yoshli Pirmanov O‘razali bobo va Pastdarg‘om tumani Mirzatub mahallasida yashovchi 97 yoshli Pirmatov Yusuf bobolarning xonadonlariga yo‘qlab borildi.

Bayram bilan qutlash va xushnud etish maqsadida boshqarma xodimlari urush faxriylarining xonadonlariga o‘sha davr harbiy xizmatchilari kiyimida urush yillarining kuy va qo‘shiqlarini baralla kuylagan holda xush kayfiyatda kirib bordilar.

Albatta, otaxonlar bilan bir piyola choy ustida urush xotiralari va bugungi tinch, osoyishta zamonimizning shukronasi haqida suhbat bo‘ldi. Esdalik uchun birgalikda suratlarga tushildi. Faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

photo5402077219595069692.jpg
photo5402077219595069693.jpg
photo5402577888227731717.jpg
photo5402577888227731726.jpg

 

O‘zA