Qur’on musobaqaning respublika bosqichi boshlandi

Onlayn xabar 
Qur’oni karim musobaqalarining respublika bosqichi 26-27 aprel kunlari o‘tkaziladi. 

Musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlari 21-22-23 va 24 aprel kunlari, ayollar o‘rtasidagi musobaqalar 25-26 aprel kunlari Toshkent shahri, Talabalar shaharchasidagi
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga qarashli «Yoshlar markazi»da bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa jarayonini onlayn namoyish etish uchun quyidagi manzillarda katta hajmdagi monitorlar o‘rnatiladi:

1. Nukus shahridagi «Imom Eshon Muhammad» jome masjidi
2. Andijon shahridagi «Devonaboy»
3. Kogon tumanidagi «Bahouddin Naqshband» yodgorlik majmuasi
4. Zomin tumanidagi «Ma’rifatli»
5. Navoiy shahridagi «Alisher Navoiy»
6. Namangan shahridagi «Yoshlar markazi” binosi
7. Samarqand tumanidagi «Imom A’zam»
8. Guliston shahridagi «Guliston»
9. Termiz shahridagi «Murch bobo»
10. Qarshi shahridagi «Ko‘kgumbaz»
11. Zangiota tumanidagi «Zangiota»
12. Farg‘ona shahridagi «Ummul quro»
13. Urganch shahridagi «Oxund bobo»
14. Toshkent shahrida to‘rt joyda tashkil etiladi.
14.1. Shayxontohur tumanidagi «Shayx Zayniddin»
14.2. Yunusobod tumanidagi «Minor»
14.3. Olmazor tumanidagi «Hazrati Imom»
14.4. Chilonzor tumanidagi «Navro‘z» davlat qabullar uyi
Onlayn uzatish 9:00 dan 18:00 ga qadar davom etishi belgilangan.

 

O’zA