Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.

Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimi Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlaridagi obodonlashtirish ishlariga obodonlashtirish xodimlari yetarli bo‘la turib kollej o‘qituvchilarini jalb etilganini tan oldi. Viloyatga ajratilgan 84 milliard so‘mdan faqat 5 milliard o‘zlashtirilganini qayd etdi.

Va’da beraman, ta’lim, tibbiyot va boshqa byudjet tashkilotlari vakillari majburiy mehnatga jalb etilsa chora ko‘riladi, dedi hokim.

 

O‘zA