Prezidentimiz Yashnobod  туманидаги zamonaviy harbiylar shaharchasi  қурилиши bilan tanishdi

Мамлакатимиз mudofaa salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. 

Poytaxtimizning Yashnobod tumani «Olmos»  mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli yangi uylar ham o‘nlab harbiy xizmatchilar oilasiga olam-olam quvonch olib kelishi shubhasiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu yerda 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda 540 xonadonga mo‘ljallangan 2,3, 4 xonali 18 ta 5 qavatli uy qurilmoqda.

Buyurtmachi – “Qishloq qurilish invest” IK, loyihalashtirish ishlari – bosh loyihachi “Qishloq qurilish loyixa” instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish-montaj ishlari  12 ta pudrat tashkiloti tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida amalga oshirilmoqda.

Bunyodkorlik ishlariga 30 dan ortiq texnika, mashina va mexanizmlar hamda 2000 nafarga yaqin malakali muhandis va ishchi xodim jalb qilingan. Bugungi kunga qadar 18 ta uyda g‘isht terish ishlari tugatilib, santexnika, pardozlash ishlari  amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

– Sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilarimiz turmush sharoitini yaxshilash borasidagi islohotlar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi, dedi Prezidentimiz. – Ularning farzandlari ta’lim-tarbiyasi va ijtimoiy himoyasi doimiy e’tiborimizda bo‘ladi.

Ikkinchi bosqich doirasidagi 900 xonadonga mo‘ljallangan 30 ta 5 qavatli uy qurilishi ham qizg‘in davom etmoqda. Buyurtmachi – “O‘zshahar qurilish invest” IK, bosh loyihachi – “Qishloq qurilish loyiha” instituti.

Barcha sharoitga ega zamonaviy harbiy shaharcha bo‘ladigan ushbu mavzeda bolalar bog‘chasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy obyektlar ham barpo etiladi. Ushbu uylar Vatan himoyachilariga imtiyozli kredit asosida beriladi.

Shavkat Mirziyoyev uylarni o‘z vaqtida va sifatli qilib yakunlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. Shu yerda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi.

e8003644-67e3-7d4c-abe2-b2f1f1433de3.jpg

 

Ziyodulla Jonibekov, O‘zA