O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Prezidentimizning “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Uyushma a’zolari uchun Toshkent shahrida imtiyozli ipoteka krediti asosida 110 ta kvartirali uy-joy qurish ishlari boshlangani haqida ma’lumot berilgan.
Shuningdek, yangi qaror orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar hokimliklariga 2018-2021 yillarda hududlarda yashab faol ijod qilayotgan, uy-joyga muhtoj Uyushma a’zolari uchun imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joylar ajratish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqish belgilandi.
Qarorda mazkur uy-joylarni taqsimlashda qonuniylik va adolat mezonlariga qat’iy amal qilishga alohida e’tibor qaratish lozimligi belgilangan.