Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining o‘ttiz ikkinchi majlisi to‘g‘risida axborot

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining o‘ttiz ikkinchi majlisi to‘g‘risida axborot

Toshkent shahrida 2018-yil 5-aprel kuni Qirg‘iziston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining o‘ttiz ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Pokiston Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Hindiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. 

Majlisda ShHTga a’zo davlatlarning 2019-2021-yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi hamda ShHT MATT Kengashining ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashiga ShHT MATTning 2017-yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti loyihalari ma’qullandi.

ShHTga a’zo davlatlarning 2016-2018-yillarda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik dasturi hamda ShHT MATT qarorlarining 2017-yildagi ijrosi, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlarining ShHTga a’zo davlatlar hududidagi ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni o‘tayotgan shaxslarni terroristik va ekstremistik tashkilotlarga jalb etishga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqildi.

Terrorizm, separatizm va ekstremizm maqsadlarida internet tarmog‘idan foydalanishni aniqlash hamda unga chek qo‘yish bo‘yicha ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlarining “Syamin – 2017” qo‘shma aksilterror o‘quv mashg‘uloti yakunlari ma’qullandi. 2018 yilda ShHTga a’zo davlatlarning qo‘shma chegara operatsiyasini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

ShHTga a’zo davlatlarga xalqaro terroristik tashkilotlar tomonidan bo‘layotgan tahdidlar muhokama qilindi. ShHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ShHT MATT hamda BMT Xavfsizlik Kengashi Terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi ijrochi direktori va BMT Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar loyihalari ma’qullandi.

1 (1).JPG

2018-yilning to‘rtinchi choragida ShHTga a’zo davlatlar va ShHT huzurida kuzatuvchi mamlakatlar o‘rtasida xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalasiga bag‘ishlangan oltinchi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyatiga ijobiy baho berildi.

ShHT MATT faoliyatini rivojlantirish va ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun mazkur davlatlar vakolatli organlarining qator xodimlari va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasining mas’ul xodimlari ShHT MATT Kengashi yorlig‘i va esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi faoliyatini tashkiliy, kadrlar va moliyaviy jihatdan ta’minlashga doir masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

ShHT MATT Kengashining navbatdagi majlisini 2018-yil oktabr oyida Qirg‘iziston Respublikasi hududida o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.

Kengash majlisi ishchanlik, amaliy va do‘stona ruhda o‘tdi.

 

A’lo Abdullayev(surat), O‘zA

  06.04.2018, 08:08  |    188 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!