Mutlaq bin Majid al-Kaxtoniy: “Tolibon” harakati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish oson emas, shu bilan birga, bajarib bo‘lmas ish ham emas

Bunday fikrlar Qatar Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Mutlaq bin Majid al-Kaxtoniy tomonidan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida yangramoqda. 

Afg‘onistondagi siyosiy baqarorlik uchun tomonlar o‘rtasida hech bir shartlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yishni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz bu masalada “Tolibon” tomonidan ham ijobiy javoblar bo‘lishiga umid qilib qolamiz. Mening fikrimcha, “Tolibon” Afg‘oniston hukumati bilan murosa bo‘yicha muzokaralarni yo‘lga qo‘yishi kerak. Qatar tomoni shu maqsad yo‘lida harakat qiladi.

Afg‘onistonda tinchlik uchun kimdir jonini tikmoqda, boshqalar iqtisodiy resurslarini. Shunday ekan, Afg‘oniston masalasida nizolarga borish kerak emas, yagona maqsad sari harakat qilishni taklif qilaman.

 

O‘zA