Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini rasmiy Toshkent tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

– Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash mintaqaviy hamkorlikni talab qiladi. Bu jarayonda Markaziy Osiyo va unga qo‘shni mamlakatlar kelishuvi g‘oyat muhim masaladir, – dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini. – Shu nuqtai nazardan Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Muhammad Ashraf G‘ani tashabbusi Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Va albatta, bu boradagi sa’y harakatlarni Yevropa Ittifoqi ham qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA