Vashingtondan O‘zA uchun maxsus sharh: AQSh Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston bilan hamkorlikni kuchaytirayotganidan mamnun

O‘zbekiston poytaxtida 26-27-mart kunlari o‘tayotgan xalqaro anjuman urushlardan tinkasi qurigan Afg‘onistonda nihoyat tinchlik ravnaqi topishi uchun qanchalik hissa qo‘shishi mumkin?

Vashington nazarida bu tadbir, avvalo, Markaziy Osiyoda yangi davr boshlanganidan darak. Anjuman, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga bel bog‘laganini aks ettiradi. AQSh Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston bilan hamkorlikni kuchaytirayotganidan mamnun.