Murat Yildirim O‘zbekistonga yetib keldi

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 5-mart kuni Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi, “SCORPION” trilleri prodyuseri Oybek Abdushukurov turkiyalik mega yulduz Murat Yildirim bilan Istambul shahrida shartnoma imzolagan edi.

Bugun, ya’ni 23-mart kuni Murat rafiqasi, marokashlik go‘zal Iman Elbani bilan birga Buxoro shahriga yetib keldi.
“SCORPION”da Murat Yildirim ijro etadigan sahnalarni suratga olish ishlari Buxoro viloyatida 24-mart kunidan boshlanadi.