Prezident gidroponika bo‘yicha kadrlar tayyorlash zarurligini ta’kidladi

Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, “Daromad baxt omad” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi. 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi.

Gidroponika usulidagi mazkur issiqxonada yiliga 1 ming 800 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib, MDH mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik, dedi Prezident. Tumanning zax, toshloq yerlariga gidroponika juda mos. Bunday issiqxonalarni kengaytirish, nima bozorbop bo‘lsa, shuni ekish kerak. Bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun mutaxassislar tayyorlash zarur.