2018/2019 o‘quv yilida tibbiyot bilim yurtlarida qabul kvotalari oshiriladi

“Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab davlat granti asosida “psixiatriya” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlarni tayyorlash yuzasidan oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasiga – 15 nafar, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot institutiga – 10 nafardan qabul kvotalari oshiriladi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Samarqand davlat tibbiyot instituti va Andijon davlat tibbiyot institutlarida bazaviy tibbiyot ma’lumotiga ega bo‘lgan vrachlar uchun “psixiatriya” va “suitsidologiya” yo‘nalishlarida ixtisoslashuv kurslari tashkil qilinadi.
Barcha tibbiyot ta’lim muassasalari va ularning filiallarida “psixiatriya” yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturada o‘qish uchun o‘rinlar soni 10 tagacha ko‘paytiriladi.

 

O‘zA