24 million 564 ming so‘m – futzal bo‘yicha terma jamoaning har bir a’zosiga

24 million 564 ming so‘m – futzal bo‘yicha terma jamoaning har bir a’zosiga

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va Taylandda o‘tgan 18 yoshgacha bo‘lgan zaif eshituvchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan futzalchilar taqdirlandi.

Assotsiatsiya matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, futzal bo‘yicha terma jamoaning har bir a’zosiga 24 million 564 ming so‘m miqdorida mukofot puli berildi.

photo5276315586416191678.jpg

Xabarda 2017-yili Taylandda o‘tgan U-18 World Deaf Futsal Championship – futzal bo‘yicha zaif eshituvchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan futzalchilarga yil yakunida 2 million so‘m miqdorida mukofot puli taqdim qilingani aytilgan. Ta’kidlash joizki, U-18 World Deaf Futsal Championship norasmiy musobaqa bo‘lib, FIFA tasnifiga kirmaydi.
Shunga qaramay, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Zaif eshituvchilar terma jamoasining har bir a’zosiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan yana bir bor mukofot – 16 million 376 ming so‘m berildi.

photo5276315586416191679.jpg

Mukofotni O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov topshirdi.

 

Ulug‘bek Asrorov, Muhammad Amin (surat), O‘zA

  13.03.2018, 11:47  |    127 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!